Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Gollandiyadan olib kelinishi rejalashtirilgan 6 ming tonna kartoshka urug‘ining dastlabki partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

10:19 / 24.11.2025 124

Prezidentimizning joriy yil 8-sentyabrda imzolangan “Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida 2026-yilda ekish uchun ilgʻor xorijiy kompaniyalardan 6 ming tonna sertifikatlangan elita urugʻ olib kelinishini hamda ixtisoslashgan tumanlardagi kartoshkachilik xoʻjaliklariga qoʻshimcha ustamalarsiz yetkazib berilishi belgilangan.

Shu asosda “Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Bulungʻur – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi, "Turon bank" hamda Niderlandiyaning “Agriko Co LTD” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan edi. 

Kelishuvga ko‘ra 6 ming tonna sertifikatlangan kartoshkaning elita urugʻlari olib kelinishi lozim. Hozirda ularning dastlabki qismi O‘zbekistonga yetib keldi va "Bulung‘ur – agro star" ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan maxsus tayyorlangan sovutkichli omborxonalarga joylashtirildi. Urug‘lik kartoshkalarning qolgan qismini bosqichma-bosqich olib kelish bo‘yicha ishlar tizimli davom ettirilmoqda.

Shuningdek aholiga qulaylik yaratish maqsadida yetkazib berish hamda "Turon bank" xizmatlari ham shu joyning o‘zida tashkil qilindi. 

Mazkur urug‘lar bahorgi mavsum va ikkinchi hosil uchun aholi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ustamasiz narxlarda yetkazib beradi. 

Bu esa bevosita yurtimizda yetishtiriladigan kartoshkalarning tan narxiga hamda oziq ovqat xafsizligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Barchasi urug‘ olib kelish bilan yakunlanmaydi. Hozirda "Bulung‘ur – Agro Star" tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kartoshkaning yangi navini yaratish bo‘yicha ishlar ham jadal sur'atda olib borilyapti.