Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Farg‘ona viloyatida Agrostarlar tomonidan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda

10:32 / 02.02.2026 124

Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha kengash raisi S. Annaklichev va "Uzagrostar xolding" kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i B. Yusupxanov Farg‘ona viloyatidagi Agrostar kompaniyalarning loyihalari bilan tanishdi.

"Oltiariq – Agro Star" tomonidan “Zilol” MFY hududidagi qariyb 5 gektar yer maydonida agrokompleks tashkil etilmoqda. Unda uzum, meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash hamda yetkazib berish zanjiri yaratiladi.

Majmua “Uzumchilik maktabi”, fitosanitariya laboratoriyasi, ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda yangi navdagi uzum ko‘chatlarini yetishtirish uchun issiqxona, 2 ming tonna sig‘imli muzlatkichli omborxona, uzum plantatsiyasi, tomchilab sug‘orish tizimi va 300 kVtli quyosh panellarini o‘z ichiga oladi.

Quva tumanining asosiy drayveri – gulchilik va mevachilik hisoblanadi. Hududdagi mahallalarda ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish maqsadida “Quva – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan aholiga yengil konstruksiyali zamonaviy gul va meva do‘konlari qurib berish loyihasi ishlab chiqildi.

Namuna tariqasida "Farg‘ona – Andijon" magistral yo‘li yoqasida gulchilik bilan shug‘ullanuvchi bir nechta xonadonga do‘kon qurib berildi.

Bundan tashqari, ixtisoslashgan kompaniya tomonidan agrokompleks loyihasini ishga tushirish, ko‘chatchilik, milliy brend yaratish va eksport yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.

"Farg‘ona – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasining loyihalari bilan ham tanishildi.

Farg‘ona tumani “Sharq Haqiqati” mahallasi hududida kompaniya tomonidan tashkil etilayotgan agrokompleks orqali 50 ta doimiy va 100 ta mavsumiy yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. 10 dan ziyod mahallalardagi tadbirkorlar esa o‘z mahsulotlarini sifatli qayta ishlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, aholiga imtiyozli shartlar asosida danak chaqish hamda quritish zamonaviy uskunalarni o‘rnatib berish ham yo‘lga qo‘yilgan.