Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

"Uzagrostar xolding" kompaniyasi "AgriConnect" loyihasida ishtirok etadi

10:09 / 24.06.2026 124

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori F.Muxiddinov Xalqaro moliya korporatsiyasining Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘yicha mintaqaviy direktori Vagner Albukerke de Almeyda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Dastlab, mehmonlarga davlatimiz rahbarining qarori asosida tashkil etilgan “Uzagrostar xolding” kompaniyasi hamda uning muassisligidagi hududiy Agrostarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan “AgriConnect” loyihasi konsepsiyasi va unda “Uzagrostar xolding” kompaniyasining ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 

Mazkur loyiha dehqon va fermer xoʻjaliklarini bozorlar, moliyalashtirish mexanizmlari, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy bilim va xizmatlar ekotizimi bilan samarali integratsiya qilish orqali agrosanoat tarmogʻini kompleks transformatsiya qilishga qaratilgan.  

Uchrashuv davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.