Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Niderlandiyadan zotdor qoramollar olib kelinadi

10:13 / 24.06.2026 124

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori F. Muxiddinov Niderlandiyaning “Firma Schaap” kompaniyasi vakili Hoite Schaap bilan uchrashdi.

Yuqori sifatli zotdor qoramollarni tayyorlash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi “Firma Schaap” kompaniyasi 1880-yilda tashkil etilgan va mazkur sohada 146 yillik tajribaga ega.

Uchrashuv davomida hamkorlikda Niderlandiyadan zotdor qoramollarni mamlakatimizga olib kelish va ularni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik doirasida xorijiy kompaniya nafaqat import jarayonida, balki chorvachilikka ixtisoslashgan agrokompleks tashkil etishda, olib kelingan qoramollarni yurtimiz iqlim sharoitiga moslashtirish, parvarishlash va ko‘paytirish jarayonida ham yaqindan ko‘mak berishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, xorijiy mutaxassislar ishtirokida chorvadorlarimiz uchun amaliy seminar-treninglar o‘tkazilib, ularga chorvachilik bo‘yicha zamonaviy bilimlar berib boriladi.

Buning uchun eng ilg‘or mutaxassislar mas’ul sifatida mamlakatimizga yuboriladi.