Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Qovun quritishda zamonaviy yondashuv

18:31 / 24.08.2026 124

"Mirzacho‘l – Agro Star" tomonidan O‘zbekiston milliy banki bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Xovos tumani "Oqchangal" mahallasida ekologik toza qovun quritish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur mahallada 600 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularning 470 tasida yashovchi aholi qovun qoqi tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Ochiq havoda eskicha usulda quritilgan qovunlar sanitariya talablariga mutlaqo javob bermaydi, sifati past, narxi arzon, jahon bozorida esa talabgir emas.

Shu bois mazkur xonadonlarni zamonaviy qoqi tayyorlash tizimiga o‘tkazish reja qilingan.

Hozirda tajriba tariqasida 2 ta xonadonda issiqxona qurib berilib, xorijiy mutaxassislar va mahalliy olimlar bilan hamkorlikda Xitoy usulida zamonaviy qovun quritishning sir-asrorlari aholiga o‘rgatilmoqda.