Yangiliklar

Sönggi yangiliklar va voqealar bilan tanişing — kompaniyamiz hayotidagi muhim lahzalarni siz bilan bölişamiz.p>

Bosh sahifa Yangiliklar Yangilik tafsiloti
Oltiariqdagi trening news

Avstriyadan olib kelingan “Simmental” zotli nasldor qoramollar aholiga ustamasiz narxlarda taqdim qilinadi.

11:43 / 23.09.2026 124

“Uzagrostar xolding” muassisligidagi “Navoiy - Agro Star” tomonidan chorvachilikda nasldor qoramollar sonini ko‘paytirish va bu orqali aholi daromadini oshirish maqsadida Avstriya davlatidan 150 bosh “Simmental” zotiga mansub nasldor qoramol mamlakatimizga olib kelindi.

Loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

E’tiborli jihati, ularning har biri 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda homilador hisoblanadi.

Mazkur qoramollar mamlakatimizga olib kelingach, maxsus tayyorlangan karantin hududiga joylashtirildi.

1 oy mobaynida ular belgilangan tartibda zarur veterinariya ko‘riklari va profilaktik tadbirlardan o‘tkaziladi.

“Simmental” zoti go‘sht-sut yo‘nalishidagi mahsuldorligi, chidamliligi va turli iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.

Avstriyadan olib kelingan ushbu 150 bosh nasldor qoramol aholiga ustamasiz narxlarda taqdim etiladi.

Shu orqali aholining nasldor chorvachilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, naslli qoramollar sonini ko‘paytirish va chorvachilik mahsuldorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.