news
GIZ bilan hamkorlik: agrar soha rivojida yangi imkoniyatlar
“Uzagrostar Holding” kompaniyasi direktori F. Muxiddinov Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Özbekistonda yaşil iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş” loyihasi rahbari Kornelia Skokov bilan uçraşdi.
Muloqotda nasldor çorva uruğçiligi yönalişidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xorijiy mamlakatlardan nasldor çorva mollarini olib keliş bilan bir qatorda, ularni parvarişlaş va köpaytiriş işlarini xalqaro tajribaga tayangan holda ilmiy asosda yölga qöyiş lozimligi ta’kidlandi.
Hozirga qadar “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tomonidan Germaniyaning “Förster Livestock” kompaniyasidan 163 boş hamda Avstriyaning “Schaap” kompaniyasidan 150 boş “Semmental” zotiga mansub qoramollar olib kelinib, aholi va fermer xöjaliklariga ustamasiz narxlarda taqdim qilindi.
Endi esa mazkur yönalişdagi işlarning keyingi bosqiçi sifatida Germaniyaning “BVN Simmental” va “GGI-SPERMEX GmbH” kompaniyalari bilan naslçilik, sun’iy uruğlantiriş va distribyutorlik yönalişida hamkorlik yölga qöyildi.
Uşbu hamkorlik asosida yurtimizdagi zotli mollarni köpaytiriş uçun sifatli uruğlarni olib keliş, şuningdek yurtimizdagi 50 nafar ilğor veterenarlarni Germaniyada malakasini oşiriş reja qilingan.
Uçraşuvda bu loyihlarni GIZ bilan birgalikda amalaga oşiriş masalasi muhokama qilindi.
Hozirga qadar GIZ tomonidan “Buxoro – Agro Star” hamda “Mirzachöl – Agro Star” ixtisoslaşgan kompaniyalari loyihalarini amalga oşiriş uchun umumiy 250 ming yevro grand mablağlari ajratilgan. Ular tomçilatib suğoriş, quyoş elektr stansiyalari, qovun quritiş issiqxonalari va sovutiş omborlarini taşkil etiş yönalişlarini qamrab oladi.
“Uzagrostar Holding” kompaniyasi va GIZ örtasidagi hamkorlikni yanada keng miqyosda davom ettirişga kelişib olindi.