news
Loyihalar bilan tanishuv
Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev "Xalqobod" mahallasida joylashgan "Yangiyo‘l – Agro Star"ga qarashli “Tomorqa maktabi”da bo‘ldi. “Yangiyoʻl – Agro Star” hamda “Toshkent – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. “Yangiyoʻl – Agro Star” ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan Xitoy texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona, shuningdek “Agrokompleks” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida jami 300 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. "Toshkent – Agro Star" ixtisoslashgan kompaniyasi tomonidan Parkent tumanida agromajmua loyihasi amalga oshirilmoqda. Yillik ishlab chiqarish quvvati 600 tonnani tashkil etadi. loyiha ishga tushishi bilan 50 ta doimiy va 150 ta mavsumiy yangi ish o'rni yaratiladi. Bundan tashqari, Yuqori Chirchiq tumanidagi 14 gektar maydonda agroturizm majmuasi faoliyati ham yo'lga qo‘yiladi. Bu yerda yil davomida 10 mingdan ziyod sayyohlarga xizmat ko'rsatiladi. Shuningdek, sohaga ilim asosida yondashishi uchun aholiga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilingan "Tomorqa maktabi"dagi mashg‘ulot jarayonlari bilan ham yaqindan tanishildi. "Tomorqa maktabi"da ilmiy tadqiqot institutlari hamda xorijdan jalb etilgan yetuk mutaxassislar tomonidan aholi va dehqonlarning bilim-ko‘nikmalari muntazam oshirib borilmoqda. Bu yerda 6 mingta kitob fondiga ega boʻlgan kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.